Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Faoliyatni yaxshilash uchun

14 Mart 2024, 09:03

727

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari tomonidan jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan yangi qo‘llanmalar keng targ‘ibot qilinmoqda.

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida talonchilik jinoyatlariga qarshi kurashishni tashkil etish metodikasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘z olganlar huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarni jinoyatdan xoli xavfsiz hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga to‘xtalib o‘tishdi. Sohaviy xizmatlar vakillari, profilaktika inspektorlari ishtirok etgan tadbirda yangi qo‘llanmaning mazmuni, amaliyot uchun dolzarbligi, kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan tavsiyalar haqida tushuncha berildi.

Shuningdek, poytaxtimizning Yashnobod, Bektemir, Mirobod va Yangihayot tumanlarida bosqinchilik jinoyatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tayyorlangan qo‘llanma targ‘ibot qilindi. Profilaktika inspektorlariga mazkur turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq qilish mexanizmlari tushuntirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech