Andijon viloyati ichki ishlar organlarida profilaktika inspektorlari uchun sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv dasturidagi mavzular bilan bir qatorda, huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga joriy qilingan yangilanishlar va tizimidagi izchil islohotlar tushuntirib o‘tilmoqda.
Bundan tashqari, profilaktika inspektorlari hududlarning kriminogen vaziyati asosida tayyorlangan metodik qo‘llanmalar bilan tanishib, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishmoqda.
“Sayyor Akademiya” ishchi guruhi vakillarining ta’kidlashicha, o‘quv yig‘inlari davomida profilaktika inspektorlari faoliyatidagi muammolar ham o‘rganilib, mutasaddi rahbarlar ishtirokida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bu ham jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan ishlar natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati