Ichki ishlar organlarida “Yosh kitobxon” tanlovining IIV Akademiyasi bosqichi o‘tkazildi.
Yoshlarning intellektual salohiyati va iqtidorini ro‘yobga chiqarish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, bilimga chanqoq o‘g‘il-qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov ikki bosqichni qamrab oldi.
Dastlabki bosqich test sinovi shaklida o‘tkazilib, har bir ishtirokchiga 50 ta savol yo‘llandi. Ikkinchi bosqichda esa yosh kitobxonlar 3 ta tur (“Badiiy asar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob”, “Buyuk mutafakkir va adib”) bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdilar.
Tanlov yakunida Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan Odilbek O‘rinov birinchi o‘rinni, 114-guruh kursanti Kamronbek Ismoilov ikkinchi o‘rinni hamda 222-guruh kursanti Olavuddin Malikov uchinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, “Yosh kitobxon” tanlovining yakuniy bosqichi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilib, unda saralash bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati