Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Faxriylar Yangi O‘zbekiston bog‘ida

05 Oktyabr 2022, 07:10

1104

“Keksalar haftaligi” doirasida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Katta Qorasuv” mahallasi tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi.

“Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida o‘tkazilgan tadbirda mahalla nuroniylari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi faxriylari hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini tomosha qilishdi.

Chindan ham, xalqimizning shonli o‘tmishi, buyuk bobolarimiz jasorati va matonati, tarixiy sinovli yillar va zafarli davrlar, ayniqsa istiqlol sharofati bilan erishgan yutuqlarimizni o‘zida aks ettirgan muazzam bog‘ yurtdoshlarimiz qalbida Yangi O‘zbekistonning ertangi kuniga ishonch va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Tadbir mehmonlariga davlatimiz rahbarining ezgu g‘oyasi va tashabbusi asosida barpo etilgan mahobatli maskan haqida ma’lumot berildi.

– Yoshi ulug‘larga e’tibor, avvalo, millat ma’naviyatiga e’tibordan darak beradi, – deydi Akademiya faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari, iste’fodagi polkovnik Norqul Toshtemirov. – Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarga hamohang bo‘lmoqda. Bugungi uchrashuvda o‘quv dargohimizning kursant yoshlari ham faol qatnashib, ko‘p yillik hayotiy tajribaga ega faxriylardan o‘gitlar olishdi.

Keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech