Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

YOŞLARIMIZ YUKSAK BILIMLI VA ISLOHOTLARGA DAXLDOR BÖLIŞI KERAK

13 Fevral 2025, 19:49

1396

IIV akademiyasi boşliği Içki işlar vazirligining Navoiy viloyatidagi akademik litseyi yoşlari bilan uçraşdi.

Akademik litseyda ötgan uçraşuv oldidan Rustam Xatamov ta’lim-tarbiya jarayonlari, öquvçilarni kasbga yönaltiriş, ularning vatanparvarlik ruhini yuksaltiriş, tizim uçun munosib kadrlar etib tayyorlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi.

Şundan söng yoşlar bilan oçiq muloqot taşkil qilindi. Akademiya boşliği mamlakatimiz hayotida röy berayotgan ulkan özgarişlar, muhtaram Prezidentimiz boşçiligida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yurtimiz yoşlari uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga töxtaldi. Bugungi murakkab davrda yoşlar ta’lim-tarbiyasi eng muhim vazifa ekanligini ta’kidlab, öquvçilarni zamonaviy bilimlarni puxta egallaşga, tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bölişga, mamlakatimiz hayotiga daxldorlik hissi bilan yaşaşga çaqirdi.

Uçraşuvda yoşlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir körsatayotgan illatlar, internet orqali kirib kelayotgan tahdid va xatarlar, yoşlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlarga ham e’tibor qaratildi. Akademiya boşliği davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş töğrisidagi qarorining dolzarb ahamiyatiga töxtaldi. Mazkur qaror bilan hududlarda yangi tizim joriy qilinayotgani, aholi, ayniqsa yoşlar örtasida jinoyatçilikka barham beriş ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.

Samimiy ruhda ötgan tadbir sönggida ta’lim-tarbiya işlarini yanada jonlantiriş, öquvçilarning kasbga sadoqatini oşiriş, ular qalbida yurt kelajagi uçun daxldorlik hissini yuksaltiriş, ularni buyuk ajdodlarimizga munosib vorislik ruhida tarbiyalaş yuzasidan tavsiyalar berildi.

Şuningdek, bir guruh fidoyi öqituvçi-murabbiylar hamda tengdoşlariga namuna bölayotgan öquvçilar IIV akademiyasi nomidan taşakkurnoma bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech