IIV Akademiyasi boshlig‘ining 2022-yil 21-apreldagi “Yosh olimlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i asosida o‘quv dargohida Yosh olimlar kengashi tashkil qilindi.
Kuni kecha kengashning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Akademiya boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Ruftullo Nigmatov olib borgan yig‘ilishda yosh olimlar oldida turgan dolzarb vazifalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli yo‘naltirish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy maktablarni har jihatdan shakllantirish orqali fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish kengashning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Yig‘ilishda yuqoridagi buyruqning mazmun-mohiyati, unda belgilab berilgan ustuvor vazifa va talablar yetkazildi. Endilikda yosh olimlarni fundamental, amaliy hamda innovatsion yo‘nalishlardagi ilmiy faoliyatga jalb qilish, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, respublikamizgi ilmiy va ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba almashishni kuchaytirish, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish, sohaga davlat va xorijiy grantlarni samarali yo‘naltirish kabi yo‘nalishlarda ishlar tubdan takomillashtirilishi ta’kidlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati