IIV Akademiyasi xotin-qizlari o‘rtasidagi musobaqaning ikkinchi kuni soha xodimalarining kasbiy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdi.
Dastlab har bir jamoa vakillari jangovar qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha o‘zaro bahslashdilar. Hakamlar tomonidan bellashuvning belgilangan yo‘riqnoma asosida o‘tishi nazorat qilib borildi. Shundan so‘ng estafetali yugurish musobaqasiga start berildi. 400 metr masofani zabt etish ishtirokchilardan jismoniy tayyorgarlik va epchillikni talab qildi.
– Sport tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi, – deydi safdor Parvina Ajibekova. – Bellashuvda barcha hamkasblarimizning faol qatnashgani meni xursand qildi. Ichki ishlar organlarida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ayol xodimalarning jangovar-jismoniy tayyorgarligini oshirishda bu kabi musobaqalarning ahamiyati yuqori.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati