Avval xabar qilinganidek, “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi xodimlari o‘rtasida sport musobaqasi boshlangan edi.
Bugun bellashuvlar davom ettirilib, unda jamoalar arqon tortish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi. Har bir jamoada yetti nafardan ishtirokchi o‘rin olgan musobaqa kessin kurashlarga boy o‘tdi. Muhimi, sog‘lom raqobat, jismoniy va aqliy kuchdan samarali foydalanish qizg‘in bellashuvlarning asosiy mezoni bo‘ldi.
Sport musobaqasi 21-sentyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati