Ichki ishlar vazirligida “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” va “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda hududiy bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlar, jumladan, IIV Akademiyasining Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi vakillari ham qatnashdi.
Ishtirokchilarning kasbiy bilim va mahorati 5 ta shart bo‘yicha baholandi. Bunda ekspert-kriminalistika faoliyatining muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ko‘rik-tanlov yakunida Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan Furqat Sobirov “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” nominatsiyasida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati