Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Eng yaxshilar saralandi

30 Aprel 2025, 07:04

96

IIV akademiyasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Xodimlarning kitobxonlik madaniyati, intellektual salohiyati va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tanlovda birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 50 nafar kitobxon qatnashdi.

Ishtirokchilarga ichki ishlar organi xodimlari uchun tavsiya etilgan kitoblardan tuzilgan savollar yo‘llandi. Hakamlar hay’ati vakillari tomonidan qatnashchilarning bilim salohiyati odilona baholab borildi.

Shu tariqa tanlov yakunida podpolkovnik Nilufar Nasriddinova birinchi, kapitan Sitora Saidova ikkinchi hamda mayor Gavhar Usmonova uchinchi o‘rinni egalladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech