Sobiq Toshkent oliy militsiya maktabi bitiruvchilari o‘zlari ta’lim olgan qadrdon maskanga keldilar.
Faxriylarning aytishicha, ular bundan ellik yil oldin – 1974-yili ushbu dargohga ilk qadam qo‘yishgan. O‘sha davrlar maktab hayotida esda qolarli o‘zgarishlar ro‘y bergan. O‘quv va yotoq binolari qurilgan. Bitiruvdan so‘ng yosh leytenantlar sharafli xizmatni bajarish uchun turli hududlarga yo‘l olishadi.
Tadbir davomida faxriylar saf maydoni, kursantlar yotoqxonasi, sport majmuasi hamda akademiya tarixi muzeyini tomosha qilib, eski xotiralarni so‘zlab berdilar. Yosh xodimlar bilan suhbat qurib, qimmatli maslahatlarini ulashdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati