Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda

19 Yanvar 2023, 08:01

831

Aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumaniga biriktirilgan mas’ullar tomonidan aholidan tushayotgan har bir murojaat joyiga chiqilgan holda o‘rganilib, mavjud muammolar ijobiy hal qilinmoqda. Tezkor shtabdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 18-yanvar kuni tuman aholisidan elektr, gaz va suv ta’minoti masalalariga oid to‘rt yuzdan ziyod murojaat kelib tushgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan amaliy ishlar natijasida “Avayxon”, “Al-Forobiy”, “Lashkarbegi”, “Chimyon”, “Buyuk ipak yo‘li”, “Azamat”, “Katta Yalong‘och ota” va boshqa mahallalarda kommunal tizimdagi uzilishlar zudlik bilan bartaraf etilgan.

Aholi bilan ishlashda faqatgina murojaatlarga e’tibor qaratilayotgani yo‘q. Tuman gaz, elektr, suv ta’minoti korxonalari va IIV Akademiyasi vakillari o‘zlariga biriktirilgan mahallani “xonadonbay” o‘rganib, fuqarolarning yashash sharoitlaridan xabar olishmoqda. Bundan tashqari, hududlarni obodonlashtirish, qor va muzlamalardan tozalash ishlari jadallik bilan davom ettirilyapti. Tashabbuskor yoshlarning jonbozligi tufayli piyodalar harakatlanadigan yo‘llar xavfsiz holga keltirilib, aholiga qulaylik yaratilmoqda.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech