“Sayyor akademiya” o‘quv dasturi doirasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Seminar-trening ichki ishlar bo‘linmalari ekspert-kriminalist xodimlarining sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish va xulosani rasmiylashtirishga doir kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil qilindi.
Sayyor mashg‘ulotlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan interfaol yondashuvlar asosida olib borildi. Soha xodimlariga sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish va xulosani rasmiylashtirish tartibi, amaldagi protsessual talablar bilan birga, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yetkazildi.
Aytish joizki, seminar-trening mashg‘ulotlarining dastlabki bosqichida 50 nafar xodim ishtirok etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati