Poytaxtimizda buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ajdodimiz haykali qad rostlagan maskanda o‘tgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari, kursant va o‘quvchi yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
So‘z olganlar temuriylar davrining yirik namoyandasi, qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyati, ibratli amallari, jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi, buyuk ajdodimizdan qolgan ulkan ilmiy-ma’rifiy meros haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Mirzo Ulug‘bek sa’y-harakatlari bilan Samarqand o‘z davrining ilm-fan markaziga aylangani, bobokalonimiz homiyligi ostida ko‘plab inshootlar barpo etilgani, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari hozirgi paytda ham dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilayotgani e’tirof etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda yoshlar o‘z chiqishlari orqali bobоkalonimiz shaxsiyati va uning boy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati