Bemorlar, ayniqsa qonga muhtoj insonlar salomatligini tiklashda donorlikning o‘rni beqiyos. O‘zgalar uchun qon toptirish nafaqat beg‘araz yordam, balki o‘z salomatligimiz uchun ham foydali.
IIV Markaziy gospitalida qon topshirish aksiyasi tashkil qilindi. Ichki ishlar organlari tizimida “Donorlik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirda IIV Akademiyasi kursantlari ham ko‘ngilli ravishda faol ishtirok etishdi.
Aksiya oldidan qon topshirish jarayoni, belgilangan sanitariya-gigiyena qoidalari, donorlik harakatining inson salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida 50 nafardan ortiq yoshlar ixtiyoriy ravishda qon topshirdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati