14-iyun – Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda IIV Akademiyasi kursantlari ham faol ishtirok etishdi.
Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda IIV Markaziy gospitalida tashkil etilgan aksiyada 100 nafardan ziyod yoshlar qon topshirdi.
Aytish joizki, donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar xastalikka chalingan va qonga muhtoj bemorlar hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati