IIV akademiyasida beg‘araz qon topishirish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi “Qon preparatlari” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda xodimlar va tinglovchi-kursantlar faol ishtirok etdi.
Aksiya oldidan ko‘ngillilarga zarur tibbiy maslahatlar berildi. Mutaxassislarning aytishicha, qon topshirish organizm uchun xavfsiz sanaladi. Yoshi 18 dan, og‘irligi 50 kilogrammdan yuqori, sog‘lom kishilar donor bo‘la oladi. Inson organizmi yo‘qotilgan qonning o‘rnini 48 soatda qoplaydi.
Ezgu tashabbusda 100 nafarga yaqin donorlar ishtirok etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati