Ichki ishlar vazirligi akademiyasida poytaxtimizdagi “Qon preparatlari” ilmiy ishlab-chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda donorlik aksiyasi tashkil etildi.
Jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, muhtojlarga ko‘mak berish, bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda xodimlar faol ishtirok etdi.
Tadbir avvalida shifokorlar tomonidan qon topshirishning foydali xususiyatlari, turli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati haqida tushuncha berildi.
Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan aksiyaga ayniqsa yosh xodimlar va kursantlar katta hissa qo‘shishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati