Buxoro shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Respublika ishchi guruhi vakillari, viloyat hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, sektorlar mas’ullari, IIB rahbariyati, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, shuningdek profilaktika inspektorlari ishtirok etgan yig‘ilishda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi.
Hududlarning kriminogen vaziyatiga ta’sir qilayotgan omillarni aniqlash, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, jinoyatchilikni jilovlashga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, mahallalarda xavfsiz muhit hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida “Buxoro tajribasi”ni ommalashtirish, shuningdek “yettilik tizimi” faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilishdan so‘ng respublika ishchi guruhi vakillari IIV Akademiyasi tomonidan jinoyatchilikni jilovlash maqsadida tayyorlangan ko‘rgazmali taqdimot hamda metodik qo‘llanma bilan tanshidilar. Mas’ul rahbarlarga ilmiy-amaliy tahlillar asosida ishlab chiqilgan mazkur yondashuvlarni amaliyotga samarali tatbiq qilish, mahallalarda sayyor mashg‘ulotlar tashkil etish, profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Doniyor Qodirov ishtirok etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati