Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb takliflar muhokama qilindi

27 May 2022, 07:05

1219

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi din psixologiyasining ilmiy-nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlandi.

Onlayn tarzda o‘tgan tadbirda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va uning Toshkent shahridagi filiali, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Musulmonlarga psixologik xizmat ko‘rsatish assotsiatsiya Boshqirdiston bo‘limi, Rossiya islom instituti, shuningdek Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi hamda boshqa ta’lim muassasalaridan yetakchi olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

Anjumanda “Diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik asoslari”, “Destruktiv diniy tasavvurlarning shaxsga psixologik ta’siri”, “Ijtimoiy gerontologiyaning psixologik jihatlari”, “Kognitiv yondashuvda diniy ma’lumotlarni tushunish xususiyatlarining psixologik jihatlari” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech