Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb takliflar bildirildi

29 Aprel 2022, 08:04

1443

IIV Akademiyasida “Ta’lim va tarbiya – inson huquqlari madaniyatini shakllantirishning muhim omili” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlash kafedrasi boshlig‘i, polkovnik K.Djavakova so‘z olib,  ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi va vazifalari, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mutaxassislarning inson huquqlari madaniyatini tarbiyalash, ta’lim sifati va samaradorligini huquqiy tartibga solish, mamlakatimizda inson huquqlari madaniyatini rivojlantirish xususiyatlari, ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatining ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, Xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari, huquqshunos olimlar va kursantlar ishtirok etgan anjumanda muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech