Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi

06 Dekabr 2022, 06:12

1403

IIV Akademiyasida Jinoyat-protsessual munosabatlarda chiqimlar: nazariya va amaliyot” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Sud-huquq tizimi vakillari, huquqshunos olim va tadqiqotchilar, soha mutaxassislari ishtirok etgan anjumanda dolzarb mavzu qizg‘in muhokama qilindi.

Asosiy ma’ruzachilardan IIV Akademiyasi O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i Behzod Rashidov, Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Avazxon Itolmasov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi Nodir Ashurov, Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashgan filiali dotsenti Muhammadullo Chutboyev va boshqalarning “Jinoyat-protsessual qonunchiligida chiqimlar tasnifi”, “Tergov faoliyatida protsessual chiqimlarni qoplash: muammo va yechimlar”, “Protsessual chiqimlarni qoplash va undirish bo‘yicha sudlar faoliyatini takomillashtirish”, “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini bepul yuridik yordam bilan ta’minlash bilan bog‘liq chiqimlarni maqbullashtirish”, “Jinoyat-protsessual munosabatlarda chiqimlarni qoplash va undirishga doir xalqaro tajriba” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi.

Anjuman jarayonida bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif hamda tavsiyalar asosida jinoyat-protsessual qonunchilikni yanada takomillashtirish, mavjud muammolarning amaliy yechimlarini ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech