Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb mavzuga bag‘ishlandi

17 Oktyabr 2022, 09:10

899

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida internet global tarmog‘idan terrorchilik maqsadlarida foydalanishga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning Toshkentdagi vakolatxonasi ko‘magi bilan onlayn formatda tashkil etilgan tadbirda xalqaro mutaxassislar, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi vakillari, IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari qatnashdi.

Anjumanda jahon hamjamiyati tomonidan transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, terrorizmning tinchlik va barqarorlikka ta’siri, ayniqsa ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olish hamda mazkur yo‘nalishdagi asosiy vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan elektron o‘quv platformasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech