Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb mavzudagi tadbir

03 May 2024, 09:05

667

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ekstremizm va terrorizm tahdidlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda IIV Tezkor-qidiruv departamenti va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi vakillari, akademiya kunduzgi ta’limining “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar radikalizm, terrorizm va ekstremizmning asl maqsad-mohiyati, jahonning ayrim mintaqalarida sodir qilinayotgan terrorchilik harakatlari, axborot makoni orqali jamiyatimizga kirib kelayotgan g‘arazli g‘oyalar, ulardan aholini, ayniqsa yoshlar qatlamini himoyalash masalalari, shuningdek, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, bu borada ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Davra suhbati davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ma’naviy-mafkuraviy ishlarni kuchaytirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech