IIV Akademiyasida “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda raqamli texnologiyalardan foydalanish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti, Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Sudyalar oliy maktabi, DXX huzuridagi Kiber xavfsizlik markazi, IIV Malaka oshirish instituti, Bojxona instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti va yurtimizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari olimlari, akademiya professor-o‘qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan raqamli dunyo sharoitida sodir etiladigan jinoyatlarning asl omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash va bartaraf etish, kriminologik faoliyatda sunʼiy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ularni milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Asosiy maʼruzachilarning “Raqamli dunyo sharoitida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishdagi milliy va xorijiy tajriba”, “Raqamli dunyo sharoitida sodir etiladigan jinoyatlarni kriminologik prognoz qilishning ahamiyati”, “Kiberjinoyatchilik: tahlil, tahdid va himoya”, “Raqamli texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni sodir etayotgan jinoyatchi va undan jabrlanuvchining shaxsi”, “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi huquqiy siyosatning hozirgi holati hamda istiqbollari”, “Raqamli dunyo sharoitida sodir etiladigan jinoyatlar tendensiyasi va ularning oldini olishdagi muammolar” mavzularidagi maʼruzalari tinglandi.
Muhokama markazidagi masalalar, bildirilgan fikr-mulohazalar asosida raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlarning yangi ko‘rinishlariga qarshi kurashish sohasiga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati