Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb mavzudagi ilmiy-amaliy anjuman

03 Yanvar 2024, 06:01

864

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Manfaatdor sohaviy xizmatlar vakillari, professor-o‘qituvchilar, magistratura tinglovchilari hamda “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar ishtirok etgan anjumanda atroflicha fikr almashildi.

Xususan, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishni takomillashtirish, sohaga ilg‘or yondashuvlarni keng joriy qilish, jamiyatda jinoyatchilikka qarshi murosasizlik muhitini qaror toptirishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish masalalari hamda bu borada kelgusidagi muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

Anjuman yakunida faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan dolzarb taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV akademiyasi axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech