Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb mavzu qizg‘in muhokama qilindi

12 Oktyabr 2024, 06:10

271

IIV akademiyasida dalillarni to‘plash va tekshirish tartibining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada huquqni qo‘llash amaliyoti xodimlari, qator oliy ta’lim muassasalaridan olim va tadqiqotchilar hamda akademiya kursantlari ishtirok etdi.

Ishchan ruhda o‘tgan andumanda tergovga qadar tekshiruv bosqichida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashning o‘ziga xos xususiyatlari, bu borada mavjud ayrim muammolar va ularning yechimlari, jinoyat ishlarini tergov qilishda dalillarni to‘plashning protsessual tartibi, raqamli dalillarni aniqlash, to‘plash va tekshirishda maqbullikni ta’minlash masalalari qizg‘in muhokama qilindi.

Soha vakillari va mutaxassislarning fikr-mulohazalari asosida muhim taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV Akademiyasi axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech