Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb mavzu atroflicha muhokama qilindi

18 Noyabr 2024, 03:11

289

Hozirgi murakkab sharoitda kadrlarning jangovar tayyorgarligi va axloqiy-ruhiy sifatlarini oshirish qanday omillarga bog‘liq? Bu borada harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida nimalarga e’tibor qaratilmoqda?

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada ushbu masalalar atroflicha muhokama qilindi. Tadbirni akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Tadjimetov ochib, yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlashning muhim yo‘nalishlariga to‘xtaldi.

Dolzarb mavzuga bag‘ishlangan anjumanda Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti D. Mamatqulov, Qurolli Kuchlar akademiyasi kafedra boshlig‘i O. To‘raxo‘jayev, IIV Malaka oshirish instituti katta o‘qituvchisi H. Akramboyev hamda IIV akademiyasi Harbiy tayyorgarlik kafedrasi vakillari chiqish qildi.

“Harbiy xizmatchi va xodimlarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini oshirishning zamonaviy tendensiyalari”, “Jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bo‘lajak ofitserlarda pertseptiv kompetentlikni rivojlantirish”, “Kadrlarning jangovar-ahloqiy sifatlarini takomillashtirish: milliy va xorijiy tajriba”, “Ichki ishlar organlarida xodimlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari” mavzuida ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiya ishtirokchilari masalaning muhim jihatlariga e’tibor qaratib, kadrlar tayyorlash faoliyatni takomillashtirish, ta’lim muassasalari o‘rtasida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mavjud muammolarni ilmiy tatqiq qilish va amaliyot uchun dolzarb taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech