Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb masala muhokama qilindi

20 Aprel 2024, 07:04

657

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda respublikamiz yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, 16 milliondan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan. Bu raqamlarni keskin kamaytirish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim?

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy anjumanda ayni masalalar muhokama qilindi. Unda bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari, mutaxassislar, olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Turg‘un Kuchkarov so‘z olib, yo‘llarda harakat xavfsizligi ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar, yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari, ularning oldini olish masalalariga to‘xtaldi. Ilmiy-amaliy anjumandan ko‘zlangan maqsad tizimdagi muammolarning yechimlariga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi, Toshkent davlat transport universiteti, Respublika sud ekspertizasi markazi, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda IIV akademiyasi vakillari so‘zga chiqdi. “Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish muammolari”, “Axborot texnologiyalarini tatbiq qilish orqali yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash”, “Haydovchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish”, “Yashil kelishuv doirasida barqaror transport” va boshqa mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Soha mutaxassislarining fikr-mulohazalari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, anjuman doirasida ishtirokchilar ko‘rgazma faoliyati bilan tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech