Joriy o‘quv yili yakunida Ichki ishlar vazirligi akademiyasini yettita mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha 600 nafardan ziyod kursant tamomlaydi.
Bitiruvoldi o‘tkazilgan Yakuniy davlat attestatsiyasida kursantlar “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati”, xorijiy tillar va mutaxassislikka oid fanlardan imtihon topshirdilar. Ularning o‘qish davomida egallagan bilim salohiyati Akademiya professor-o‘qituvchilari, shuningdek davlat attestatsiya komissiyasiga jalb qilingan tajribali amaliyot xodimlari hamda turdosh oliy ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.
Ayni kunlarda esa malakaviy bitiruv ishi himoyalari o‘tkazilmoqda. E’tiborli jihati, mazkur jarayonda mavzuning dolzarbligi, ichki ishlar organlari amaliyotidagi muammolarning qay darajada tadqiq qilingani, ilmiy asosda ishlab chiqilgan taklif hamda tavsiyalarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati