Ichki ishlar vazirligi akademiyasida yoshlarning siyosiy bilimi va daxldorlik hissini yuksaltirish maqsadida tadbir tashkil qilindi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova ishtirok etdi. Qonunchilik palatasi vakili muhtaram Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz turmushida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasida qilinayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtaldi. Yangilanishlar jarayonida yurtimiz yoshlari har jabhada faol va tashabbuskor bo‘lishlari kerakligini ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida kursantlarga parlament quyi palatasi hayoti haqida ma’lumot berildi. Zulayho Akramova yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berarkan, davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmuni va mohiyati, yangi saylangan deputatlar oldidagi ustuvor vazifalar, qonunlarning yaralish jarayoni, qo‘mita va fraksiyalar faoliyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati