Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Davra suhbati

29 Aprel 2024, 12:04

649

Har jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlashda tajribali amaliyotchi xodimlar ishtirokida o‘tkazilayotgan muloqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘rni va ahamiyati” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Unda IIV Jazoni ijro etish departamenti huzuridagi Tezkor-qidiruv boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBBning Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi vakillari, kunduzgi ta’limning “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari bilan birga, Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasining bir guruh o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Muloqot tarzida o‘tgan tadbirda tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish, jazoni ijro etish muassasalarida o‘tkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlari haqida so‘z bordi. Kursantlar o‘zlari tanlangan ixtisoslik bo‘yicha nazariy bilimlarini, kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech