IIV Akademiyasida jinoyat qonunchiligidagi yangilanishlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti vakillari, professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar, kursantlar ishtirok etdi.
Tadbirda Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda kiberjinoyatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish borasida kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr almashildi.
Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati