Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Davra suhbati

17 Mart 2023, 08:03

913

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar uchun “Huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish – tinchlik va osoyishtalik garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘quv jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash taʼlim sifatini yana-da oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirga boy amaliy tajribaga ega amaliyotchi xodimlar ham taklif etildi.

Tadbirda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Inomjon Qalandarov kursantlarga ayni vaqtda profilaktika inspektorlariga qo‘yilayotgan talablar, ularning xalq bilan muloqot chog‘ida nimalarga eʼtibor berishlari, ish faoliyatini qay tarzda tashkil etishlari hamda mahallalarda vaziyatni barqaror saqlash, aholi muammolarini bartaraf etish, “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash tizimi orqali mahalladagi sog‘lom maʼnaviy muhitni qay tarzda ushlab turish bo‘yicha amaliy tajribalarni o‘rtoqlashdi.

Davra suhbatida “Ayollar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlari profilaktikasi”, “Muqaddam sudlangan shaxslar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari” va “Huqubuzarliklarni barvaqt oldini olishdagi muammo va yechimlari” mavzularida maʼruzalar tinglandi.

Kursantlar tadbir yakunida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech