Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Davra suhbati

04 Iyun 2024, 01:06

570

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tashkil etilgan davra suhbatida Toshkent shahri Olmazor tumani IIO FMB xodimlari, mahalla faollari hamda akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida xotin-qizlarga nisbatan sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish hamda ijtimoiy turmush tarzi og‘ir ahvolda bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan Poytaxtimizning Olmazor tumani “Xastimom” mahallasi misolida kursantlarga tushunchalar berildi.

Bundan tashqari so‘zga chiqqanlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasiga kiritilgan mahalla raisi rahbarligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori a’zolaridan iborat bo‘lgan yettilik vakillari tomonidan fuqarolarning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va bunday vaziyatga tushganlarni og‘ir vaziyatdan chiqarish masalalariga hamda “mahalla yettiligi”ning aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlash orqali hududlardagi kriminogen vaziyatlarni barqaror ushlab turish masalalariga to‘xtaldi.

Tadbir yakunida mutaxassislar kursantlarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech