Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Davra suhbati bo‘lib o‘tdi

15 May 2023, 06:05

949

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida o‘tkazilgan davra suhbati sohaga oid islohotlarga bag‘ishlandi. 

Soha vakillari, yetakchi mutaxassislar, IIV Akademiyasining Avtomobil tayyorgarlik kafedrasi professor-o‘qituvchilari va 2-o‘quv kursi kursantlari ishtirok etgan tadbirda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar haqida so‘z bordi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash” bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan. 

Bu borada davlatimiz rahbarining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarorida avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish va ularning sifatini yaxshilash, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, sohani to‘liq raqamlashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlarning nazarda tutilgani soha faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Davra suhbatida IIV JXD YHXX yetakchi mutaxassisi, podpolkovnik Sherzod Karabayev, Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi xodimi, kapitan Farrux Mamaziyayev, Akademiyaning Avtomobil tayyorgarlik kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik Sa’dulla Kalauov tizimdagi keng qamrovli islohotlarga to‘xtalib, kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech