Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Davra suhbati

01 Mart 2023, 11:03

1251

Akademiyaning “tashkiliy-shtab faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlari uchun davra suhbati tashkil qilindi.

IIV Tashkiliy departamenti, vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari IIO FMBlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir “Ichki ishlar organlari navbatchilik xizmatlari tizimi, tuzilishi va ular faoliyatining huquqiy asoslari: muammo va yechimlar” mavzuiga bag‘ishlandi.

Davra suhbatida Tashkiliy-shtab faoliyati kafedrasi boshlig‘i, polkovnik O. Matchanov, vazirlik Tashkiliy departamenti bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik O. Shohakimov, Akademiya boshlig‘ining yordamchisi, polkovnik I. Himmatov va boshqalar tomonidan navbatchilik xizmatlari faoliyatini tashkil etish, tizim samaradorligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni, hududiy ichki ishlar organlarida joriy qilinayotgan tizimlar va istiqboldagi dolzarb yo‘nalishlar haqida mulohazalar bildirildi. 

Amaliyot xodimlari bilan ochiq muloqot kursantlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech