O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suhbati davlat tili me’yorlariga amal qilish masalasiga bag‘ishlandi.
Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi islohotlar barcha vazirlik va idoralar faoliyatida to‘liq davlat tilida ish yuritishini ta’minlashga xizmat qilayotir.
IIV Akademiyasining Tillarni o‘rganish kafedrasi o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va kunduzgi ta’lim bakalavriati kursantlari ishtirok etgan tadbirda davlat tilida ish yuritish, uning mavqeini yanada oshirish, ichki ishlar organlarida o‘zbek adabiy tili me’yorlari asosida ish olib borishni takomillashtirish, xususan, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalanishda mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati