Malakaviy diplom ishlarini qabul qilish komissiyasiga IIV Akademiyasining ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan birga, ichki ishlar organlaridan tajribali amaliyotchi xodimlar jalb qilingan.
Ayni jarayonda kunduzgi ta’limning “tergov faoliyati”, “tezkor-qidiruv faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash”, “jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” hamda “yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati” mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olayotgan bitiruvchi bosqich kursantlarining diplom ishlari qabul qilinmoqda. Bunda tanlangan mavzuning qay darajada tadqiq etilgani, malakaviy bitiruv ishining belgilangan talablarga muvofiqligi, chop etilgan tezis va ilmiy maqolalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, emperik materiallar va statistik ma’lumotlar tahlili, shuningdek, mavzuga oid amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan ishlab chiqilgan taklif hamda tavsiyalar inobatga olinmoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, dastlabki himoyalar kursantlarda ilmiy tadqiqotchilikka oid ko‘nikmalarni shakllantirib, ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga imkon beradi. Diplom himoyalari joriy yilning 17-yanvariga qadar davom etadi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati