Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Darkweb”da jinoiy aloqalar qanday aniqlanadi?

24 Oktyabr 2023, 09:10

1026

IIV Akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan vebinar mashg‘ulot o‘tkazildi.

Xorijlik mutaxassislar tomonidan “Dark Web va Tor tarmog‘iga kirish”,  “Dark Web: global tendensiyalar va so‘nggi rivojlanish”, “Dark Web tergovi: amaliy tadqiqot” mavzularida ma’ruza olib borildi. Shuningdek, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalari, kibermakondagi tahdidlarga faol javob berish, Darknet tarmog‘idan foydalangan holda sodir etilgan kiberjinoyatlarni аniqlash, tergov qilish va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot so‘nggida professor-o‘qituvchilar va kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech