Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi barchani xayrli maqsad sari birlashtirmoqda.
Aksiya doirasida Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi “O‘zbekiston” sihatgohida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Akademiya kursantlaridan iborat tashabbuskor otryad tomonidan maydonlarda tuproq ishlari bajarilib, daraxtlarga ishlov berildi. Bo‘sh yerlar, ariq va yo‘laklar tartibga keltirildi.
– “Yashil makon” umummilliy harakatiga hissa qo‘shganimdan xursandman, – deydi 2-bosqich kursanti Muhammad Sultonov. – Maskanni obodonlashtirib, turli xil ko‘chatlar ekdik. Maqsadimiz yurtimizni yashillikka burkab, musaffo kelajakka intilishdir.
Shu kuni sihatgoh hududiga tabiiy iqlim sharoiti va tuproq unumdorligini hisobga olgan holda 100 tupdan ortiq ko‘chatlar o‘tqazildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati