Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

CHO‘LPONNING SO‘NMAS IJODI

18 Oktyabr 2022, 07:10

789

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni kitobxon yoshlar uchun sevimli maskanga aylanmoqda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Abdulhamid Cho‘lpon haykali poyida o‘tkazilgan tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, adabiyot ixlosmandlari, IIV Akademiyasi vakillari hamda o‘qituvchilar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar ma’rifatparvar adib ijodining yuksak g‘oyalari, Cho‘lpon ijodini o‘rganish va keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Adabiyot millat ma’naviyati va yoshlar kamolotining mustahkam ustuni ekanligi ta’kidlandi.

– Muhtaram Prezidentimizning e’tibor va g‘amxo‘rliklari samarasida adabiyotga qiziquvchi yoshlar safi ko‘paymoqda, – deydi IIV Akademiyasi kursanti Husniya Umrzoqova. – Abdulhamid Cho‘lpon ijodidan bahramand bo‘lgan har bir inson she’riyatning sehrli kuchini qalban his etadi. Qolaversa, adib ijodining tarbiyaviy ahamiyati ham yuksak.

Tadbirda Akademiya kursantlari hamda poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 48-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan Cho‘lpon she’rlaridan yod aytildi. Iqtidorli yoshlar “Kunduzsiz kechalar” spektaklidan parcha namoyish etishdi. Tadbir so‘nggida bir guruh yoshlar badiiy adabiyotlar bilan rag‘batlantirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech