Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Cho‘lpon – jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi

26 Noyabr 2022, 04:11

1894

IIV Akademiyasi shaxsiy tarkibi uchun tashkil etilgan ma’naviyat va ma’rifat darsi atoqli adib Abdulhamid Cho‘lponning ijodiga bag‘ishlandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi Bahrom Irzayev so‘z olib, jadid bobolarimizning hayoti va merosini o‘rganishga qaratilgan ishlar haqida to‘xtaldi.

Tarixshunos olim XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, Abdulhamid Cho‘lponning murakkab hayoti va ijodi, siyosiy-mafkuraviy qarashlari, istibdod zulmidan xalos bo‘lish yo‘lida olib borgan kurashlari, buyuk iste’dod sohibining ayanchli qismati va adabiyotimizga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruza qildi. 

Mashg‘ulot so‘nggida taniqli shoir va dramaturg Usmon Azimning “Kunduzsiz kechalar” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish qilindi. Sahna asarida asosiy rollarni O‘zbek milliy akademik drama teatri  aktyorlari hamda Akademiya kursantlari ijro etishdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

 

 

 

 

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech