Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Cho‘lpon ijodi yoshlar nigohida

26 May 2022, 09:05

1182

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ezgu tashabbus yoshlarni adabiyot olamidan ko‘proq bahramand bo‘lishga undamoqda.

Binobarin, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham ma’rifatparvar adib Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodini chuqur o‘rganib kelishmoqda. O‘quv muassasasida iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida adib nomidagi stipendiya hamda ko‘krak nishoni ta’sis etilgan. Adabiyotga qiziquvchan kursantlar uchun “Cho‘lpon izdoshlari” to‘garagi faoliyat yuritmoqda.

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan sayyor mashg‘ulotda kunduzgi ta’limning 2-bosqich kursanti Husniya Umrzoqova Cho‘lpon ijodiga bag‘ishlangan taqdimotini namoyish etdi. Cho‘lpon hayotining murakkab davrlari, asarlarida yo‘lg‘ilgan g‘oyalar haqida aytilgan fikr-mulohazalar barchada yorqin taassurot qoldirdi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech