Shu kunlarda poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Adabiyot – xalqning yuragi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari Abdulhamid Cho‘lpon haykali poyida adabiyot darsini tashkil qildilar. Mashg‘ulotda ma’rifatparvar adibning boy adabiy merosi haqida fikrlar bildirildi.
Tariximizning murakkab davrida yashab, ijod qilgan buyuk bobolarimizning ibratli hayoti yoshlarning komil inson bo‘lib shakllanishiga xizmat qilayotgani e’tirof etildi.
Kursantlar so‘z olib, Abdulhamid Cho‘lpon asarlarini anglash – milliy o‘zlikni, ma’naviyatni, adabiyotni anglash ekanini, yoshlar Vatanni sevish, mardlik va shijoat, fidoiylikda bobolarimizga munosib izdosh bo‘lishlari kerakligini ta’kidladilar.
Shu kuni adib haykali poyiga gul qo‘yilib, unga ehtirom ko‘rsatildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati