Xorijiy tillarni bilish professional salohiyatning muhim belgilaridan biri sanaladi. Bugun ichki ishlar organlari tizimida ham ushbu mezonga ehtiyoj va zarurat oshib bormoqda.
Davlatimiz rahbarining qarori asosida xorijiy tillarni mukammal bilgan va buni amaliy faoliyatida samarali qo‘llab kelayotgan xodimlar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimi joriy qilingan edi. Bu esa ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga turtki berdi.
Joriy yilning 11–14-may kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlarning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan tadbirda birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan IIV markaziy apparati, hududiy ichki ishlar organlari va ta’lim muassasalari xodimlari ishtirok etdi. Sinovlar og‘zaki suhbat, ya’ni tinglab tushunish, o‘qib gapirib berish va yozish shaklida qabul qilindi.
Endilikda imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarning maxsus sertifikati tegishli ichki ishlar organlariga yuboriladi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati