Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Chekka hududdagi maktab otaliqqa olindi

13 Fevral 2024, 08:02

967

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashabbusi bilan Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 41-sonli umumta’lim maktabi otaliqqa olindi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, 3-sektor vakillari, mahalla faollari, o‘qituvchi-murabbiylar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Aytish joizki, keyingi yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tizimda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yetuk va barkamol avlodlarni voyaga yetkazishda muhim poydevor bo‘lmoqda. Yurtimizning turli go‘shalarida zamonaviy maktablarning barpo etilayotgani, o‘quv maskanlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda.

Tadbirda so‘z olganlar maskanning otaliqqa olingani yoshlar kelajagi yo‘lida qo‘yilgan xayrli qadam bo‘lganini ta’kidlab o‘tishdi. Shu kuni maktab kutubxonasiga milliy va jahon adabiyotiga oid eng yaxshi kitoblar tuhfa qilindi. O‘quvchilar turli xildagi sport anjomlari va kiyimlaridan iborat sovg‘alarni qabul qilib oldilar.

Shundan so‘ng “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida sport musobaqalari tashkil qilindi. Futbol, voleybol, stol tennisi bahslari, arqon tortish, tosh ko‘tarish kabi xalq o‘yinlari o‘quvchi yoshlarning yurtga sadoqat, mardlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa Ichki ishlar vazirligining Andijon viloyatidagi akademik litseyi o‘quvchilari bilan birgalikda o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.

Bellashuvlar yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech