Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Buxoroda ikki kunlik o‘quv kursi boshlandi

29 Mart 2023, 04:03

621

Buxoro viloyati IIBda prokuratura hamda ichki ishlar organi xodimlari uchun “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov onlayn videomurojaat bilan ochdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining inson huquqlari sohasiga oid xalqaro standartlar va milliy qonunchilik bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv kursi mashg‘ulotlari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, IIV Akademiyasi hamda Malaka oshirish instituti vakillari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Qisqa muddatli o‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga sertifikat beriladi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech