Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Buxoro viloyati yoshlari oromgohda

29 Iyul 2024, 11:07

513

IIV Akademiyasi va Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari lageri” o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida joylashgan “Porloq kelajak” oromgohida tashkil etilgan o‘quv yig‘ini yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni vatanparvarlik, jamiyatga daxldorlik va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashni asosiy maqsad qilib olgan.

Besh kunlik o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan mazkur yig‘inda 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan yoshlar jalb etilgan. Unda bolajonlar yosh toifasiga ko‘ra guruhlarga bo‘linib, ular bilan tasdiqlangan o‘quv jadvali va kun tartibi asosida vazirlik Akademiyasining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Bolajonlarni o‘quv yig‘inlariga yanada qiziqtirish, ularning intellektual salohiyatlarini oshirish uchun "Maqolni davom ettir", "Zukkolar bahsi", "Pantomima", "Topishmoqlar o‘lkasiga sayohat" kabi qiziqarli o‘yinlar hamda sport musobaqalri  tashkil etilib, faol ishtirok etgan yoshlar qiziqarli kitoblar jamlanmasi va faxriy yorliq bilan taqdirlanmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech