Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Buxoroda yuksak shohsupa zabt etildi

24 May 2022, 02:05

1387

19-23-may kunlari yurtimiz qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada yigirmadan ortiq davlatdan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. 

 Chempionat bahslari Buxoro olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji hamda “Ko‘hna va boqiy Buxoro” amfiteatrida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar turli yosh va vazn toifalari bo‘yicha sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordilar. 

Musobaqaning qizlar o‘rtasida kechgan bahslari terma jamoamiz a’zosi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti Zarina Olimjonova uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. 48 kilogramm vaznda maydonga tushgan vakilimiz barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal va Jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. 

E’tirof etish joizki, mazkur oltin medal Zarina Olimjonova uchun birinchisi emas. U bugunga qadar o‘tkazilgan Jahon chempionatlarining uchtasida oltin, ikkitasida kumush va yana ikkitasida bronza medallarini qo‘lga kiritgan. 

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi, viloyat hokimligi vakillari va tashkilotchilar tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati  

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech